AsosiyJamiyat

O`zbekistonda "Xalqlar do`stligi" ko`krak nishoni ta`sis etildi

'O`zbekistonda "Xalqlar do`stligi" ko`krak nishoni ta`sis etildi'ning rasmi

O`zbekistonda «Xalqlar do`stligi» ko`krak nishoni ta`sis etildi. Bu haqda Adliya vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, Hukumat qarori bilan «Xalqlar do`stligi» ko`krak nishoni ta`sis etildi. Qarorga ko`ra, ko`krak nishoni bilan yurtimizda yashayotgan barcha millat va elatlarning vakillari o`rtasida millatlararo do`stlik va totuvlik muhitining mustahkamlanishiga munosib hissa qo`shgan, milliy madaniy markazlar va do`stlik jamiyatlari faoliyati samaradorligini oshirish borasida fidokorona mehnat qilgan mahalliy va xorijiy davlat organlari xodimlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, tadbirkorlik sub`ektlari, ijtimoiy soha va OAV vakillari hamda chet eldagi vatandoshlar taqdirlanadi.

Ko`krak nishoni bilan taqdirlash uchun hujjatlar tegishli tartibda ko`rib chiqiladi. Shunga ko`ra, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do`stlik aloqalari qo`mitasining (qo`mita) ko`krak nishoni bilan taqdirlashga oid taqdimnomalarni ko`rib chiqish bo`yicha komissiyasi tashkil etiladi.

Ta`kidlanishicha, komissiya tomonidan har yili 1 iyulga qadar eng munosib nomzodlar bo`yicha yakuniy xulosa qabul qilinadi.

Shuningdek, qo`mita raisi o`z tashabbusiga asosan xorijlik hamkorlari, chet eldagi turdosh tashkilotlar, xorijiy mamlakatlarning O`zbekistondagi elchixonalari va xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari vakillarini millatlararo do`stlik va totuvlik muhitini mustahkamlashga qo`shgan munosib hissasi uchun ko`krak nishoni bilan taqdirlashi mumkin.

ko`krak nishoni har yili 30 iyul – Xalqlar do`stligi kuni arafasida tantanali vaziyatda topshiriladi;

taqdirlanganlarga bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari (980 ming so`m) miqdorida biryo`la to`lanadigan pul mukofoti beriladi;

bir shaxs ko`krak nishoni bilan bir marta mukofotlanadi.

Boshqa yangiliklar