Qirg`izistonning sobiq bosh vaziri Omurbek Babanov ikki oyga hibsga olindi, deb xabar tarqatdi RIA Novosti.
"Sud Babanovni ikki oyga qamoqqa olishga qaror qildi", deyiladi xabarda.
Respublika milliy xavfsizlik davlat qo`mitasining xabar berishicha, sobiq bosh vazir “Qumtor” oltin konini o`zlashtirish loyihasini amalga oshirish jarayonida korrupsiyaga aralashganlikda gumon qilinmoqda. U maxsus xizmat xodimlari tomonidan 31 may kuni qo`lga olingan edi.
Babanov sobiq prezident Almazbek Atambaev davrida mamlakat bosh vaziri edi va 2017 yil 15 oktyabrda bo`lib o`tgan saylovda sobiq prezident Soronboy Jeenbekovning asosiy raqibi bo`lgandi.






