Uchtepa tumanida fuqaroni ishga kiritib qo`yishni va`da qilgan firibgar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar qildi.
Departament hamda DXXning Uchtepa tumani bo`limlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro N.M. noqonuniy daromad orttirish maqsadida, fuqaro U.ning ishonchiga kirib, uni tanishlari orqali byudjet tashkilotlaridan biriga ishga kiritib qo`yish evaziga 1 000 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






