Andijon viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo`limi hamda viloyat IIB YHXB xodimlari bilan hamkorlikda navbatdagi huquqbuzarlik holati o`z vaqtida fosh etildi.
Olingan tezkor ma`lumotlarga asosan, muqaddam Respublikamiz hududiga bojxona nazorati o`rnatilmagan aylanma yo`llar orqali olib o`tilib, Asaka - Shahrixon yo`nalishi bo`ylab harakatlanib ketayotgan fuqaro M.I boshqaruvidagi “Isuzu” rusumli avtotransport vositasi belgilangan tartibda ko`zdan kechirildi.
Ko`zdan kechirish natijasida avtotransport vositasi yukxonasida sifat sertifikatini va bojxona rasmiylashtiruvidan o`tkazilganligini tasdiqlovchi hech qanday hujjatlari bo`lmagan, chet elda ishlab chiqarilgan, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O`zbekiston Respublikasiga iste`mol tovarlari olib kirishni takomillashtirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida” 2013 yil 13 maydagi 127-son qaroriga muvofiq markirovka qilinmagan, o`simliklarni zararkurandalardan himoya qiluvchi qiymati 210 mln. so`mlik kimyoviy vositalar mavjud ekanligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.






