AsosiyJamiyat

Samarqandda "radiator" suvi qaynab ketgan "Gazel" jarlikka tushib ketdi

'Samarqandda "radiator" suvi qaynab ketgan "Gazel" jarlikka tushib ketdi'ning rasmi

Kecha, 2 iyun kuni soat 10:00larda Samarqand viloyati, Urgut tumani, Omonqo`ton mahallasi hududidan o`tuvchi M-39 avtomobil yo`lining 1031-kilometrida harakatlanib ketayotgan "Gazel" rusumli yuk avtomobilning "radiator" suvi qaynab ketganligi bois haydovchi tik balandlikda to`xtagan. 

Haydovchi qo`l tormozini ko`tarib suv olish uchun avtomobildan tushgan vaqtida, transport vositasi harakatlanib jarlikka tushib ketgan. Bu haqda IIV YHXBB Axborot xizmati xabar berdi.

Hodisa natijasida avtomobilga texnik zarar etgan. Tan jarohati olganlar yo`q.

Mazkur holat yuzasidan Urgut tumani IIO FMB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar