AsosiyJamiyat

Mashinada yuqori tezlikda harakatlanish oqibatida vafot etgan haydovchi o`z joniga qasd qilgan maqomida bo`ladi

'Mashinada yuqori tezlikda harakatlanish oqibatida vafot etgan haydovchi o`z joniga qasd qilgan maqomida bo`ladi'ning rasmi

O`zbekiston Musulmonlari idorasi yo`l harakati qoidalariga rioya qilishga doir fatvo e`lon qildi.

Fatvoga ko`ra:

  •  yo`l harakati qoidalariga amal qilish shar`an vojib amal hisoblanadi. Musulmonlar ushbu qoidalarga e`tiqodan va qunt bilan amal qilishlari kerak;
  •  ruxsat etilgandan yuqori tezlikda harakatlanishi oqibatida ro`y bergan baxtsiz hodisa tufayli vafot etgan haydovchi shar`iy jihatdan haddidan oshgan va o`z joniga qasd qilgan maqomida hisoblanadi.
  •  yo`l harakati qoidalariga amal qilmaydigan yoki bunga layoqati bo`lmagan shaxslarning transport vositasini boshqarishi joiz emas;
  • yo`l harakati xavfsizligiga tahdid soladigan holatda transport vositasini boshqarish shar`an joiz emas;
  • transport vositasi yo`lga yaroqli bo`lmagan holatda undan foydalanish shar`an man etiladi;
  •  yo`l jamoa foydalanadigan tarmoq ekani sababli yo`l harakati ishtirokchilari o`zaro odob va madaniyat bilan munosabatda bo`lishlari, boshqalarga xalaqit berishdan, qo`pol so`z va xatti-harakatlardan saqlanishlari lozim.

“Musulmon kishini yo`l harakati qoidalari, odob va madaniyatlariga amal qilishi kuzatuv kameralari yoki yo`l harakati havfsizligi bo`linmalari xodimlari nazorat qilayotgani uchun emas, balki amaldagi yo`l harakati qonun-qoidalariga amal qilish – Islom shariatining talabi deb e`tiqod qilgan holda bajarishi kerak. Shunda yo`lda yurish ham ibodatga aylanadi. Vallohu a`lam”, - deyiladi 

    Boshqa yangiliklar