AsosiyJamiyat

"O‘zgidromet" 1 avgust kuni kutilayotgan ob-havo haqida ma’lum qilib, kirish imtihonlarini o‘tkazish bo‘yicha tavsiya berdi

'"O‘zgidromet" 1 avgust kuni kutilayotgan ob-havo haqida ma’lum qilib, kirish imtihonlarini o‘tkazish bo‘yicha tavsiya berdi'ning rasmi

 2021 yilning 1 avgust kuni havo harorati me`yor atrofida bo`lishi kutilmoqda. Bu haqda O`zgidromet ma`lum qildi.

 Shu kuni ob-havo asosan kam bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi (10-20% biroz qisqa muddatli yomg`ir yog`ish ehtimoli bor). Shamol o`rtacha tezlikda esadi. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 35-40° bo`ladi.

Ma`lumki, yuqori havo harorati inson organizmiga salbiy ta`sir ko`rsatadi. Yuqori harorat, avvalambor, terlashga olib kelishi, bu esa o`z navbatida organizmni suvsizlanishiga, mineral suvlar va foydali vitaminlarni yo`qolishiga, shuningdek, yurak-qon tomir tizimi faoliyatida jiddiy o`zgarishlarni keltirib chiqishi, nafas olish tezligini oshirishi hamda e`tiborning zaiflashishi, reaksiyani pasayishiga va boshqa salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Inson organizmiga ob-havo ta`sirini yumshatish maqsadida O`zgidromet tomonidan quyidagilar tavsiya etiladi:

Respublikamizda odatda havo haroratining yuqori darajaga ko`tarilishi 12:00 dan 15:00 lar davriga to`g`ri keladi. Bundan kelib chiqib test sinovlari soat 09:00 dan 11:00 gacha bo`lgan vaqtda o`tkazish;

Imtihonlarni iloji boricha bino ichida yoki salqin joylarda o`tkazish;

Abiturientlarni muntazam ravishda ichimlik suvlari bilan ta`minlab borish.

    Boshqa yangiliklar