AsosiyJamiyat

Jizzaxda haydovchini so`kkan YPX xodimi lavozimidan ozod etildi

'Jizzaxda haydovchini so`kkan YPX xodimi lavozimidan ozod etildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqda "YPX xodimi haydovchini so`kdi" sarlavhasi ostida tarqalgan video lavha yuzasidan Jizzax viloyati IIB tomonidan xizmat tekshiruvi o`tkazayotgan edi. Holatning keyingi tafsilotlari yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo`l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi ma`lumot berdi.

Mazkur xizmat tekshiruvi xulosasiga ko`ra, xizmat faoliyati davomida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 dekabrdagi 975-son qarori bilan tasdiqlangan "Yo`l-patrul xizmati xodimlarining yo`l harakati qatnashchilari bilan o`zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to`g`risida"gi Nizom hamda Ichki ishlar vazirining ayrim me`yoriy buyruqlari talablarini buzganligi uchun Jizzax viloyati IIB YHXB YPX xodimi Sh.Muradov egallab turgan lavozimidan ozod etilishi bo`yicha xulosa qabul qilindi.

    Boshqa yangiliklar