Rossiyadagi qurilish ob`ektlarida mehnat migrantlari bilan bog`liq vaziyat ayanchli darajaga tushib qolmoqda. Ishchi kuchi narxi esa 50-100 foizgacha oshgan. Bu haqda Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida Rossiya Federasiyasi bosh vaziri o`rinbosari Marat Xusnullin xabariga asoslanib, Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi ma`lum qildi.
Bosh vazir o`rinbosarining so`zlariga ko`ra, Koronavirusga qarshi kurash bo`yicha shtabning so`nggi yig`ilishida Rossiya qurilish maydonlarida ishlashga tayyor bo`lgan xorijiy ishchilarning mamlakatga kirishi bo`yicha amaldagi tartibni soddalashtirish bo`yicha taklif tayyorlangan.






