O`zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripovning Qozog`istonga tashrifi doirasida O`zbekiston transport vaziri Ilxom Maxkamov va Qozog`iston sanoat va infratuzilmani rivojlantirish vaziri Beybut Atamqulovning uchrashuvi bo`lib o`tdi.
Bu haqda Kazinform Sanoat va infratuzilmani rivojlantirish vazirligining Telegram kanaliga asoslanib xabar berdi.
Uchrashuv chog`ida tomonlar Qozog`istonning Fly Arystan aviakompaniyasi tomonidan Turkiston-Toshkent aviaqatnovini yo`lga qo`yishni kelishib oldilar.
Ma`lum bo`lishicha, parvozlar 2021 yil 21 iyundan boshlab haftada ikki marta sanitariya epidemiologiya qoidalariga rioya qilgan holda amalga oshiriladi.
Shuningdek, COVID-19 bilan bog`liq holat yaxshilangani sababli parvozlar sonini ko`paytirish kerakligi aytilmoqda.






