AsosiyDunyo

Tojikiston chegaradagi holat bo`yicha o`z munosabatini berdi

'Tojikiston chegaradagi holat bo`yicha o`z munosabatini berdi'ning rasmi

Avvalroq, Tojik-qirg`iz chegarasida vaziyat yana keskinlashgani haqida xabar bergan edik.   

2021 yil 4-iyun soat 03.00 da Qirg`iziston Respublikasi hududiga 1000 m chuqurlikdan kirib, O`sh viloyati Chon-Olay tumanining "Unzhu-Bulak" davlat chegarasining ta`riflanmagan qismida konteyner o`rnatilgan.

Tojikiston Respublikasi Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi Chegara qo‘shinlari Matbuot markazi Qirg`izistonga javob qaytardi. 

“Tojikiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi 986,7 km masofadagi davlat chegarasining 519, 9 km uzunlikdagi qismi hukumatlararo komissiya tomonidan delimitatsiya va demarkatsiya qilish orqali belgilangan. Ushbu hududda belgilanmay qolgan uchastkalardan biri — Shatti dovoni.

Tomonlar ushbu qismda davlat chegarasini kesib o‘tish chizig‘ini aniqlash bo‘yicha ishlarni davom ettirishga kelishib olgan va o‘z takliflarini taqdim etadi. Hukumatlararo komissiya doirasidagi kelishuvga binoan, alohida chegara punktlari tavsiflangan.

Shu munosabat bilan, ayni paytda Tojikiston Respublikasi Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi chegarachi otryadlari tojik-qirg‘iz davlat chegarasining kelishilgan o‘tish chizig‘i bo‘ylab himoya ishlarini olib bormoqda.

O‘zaro kelishuvga binoan, chegara postini o‘rnatish amalga oshirilyapti. Boshqa tomondan, Karamik dovoni qismida Qirg‘iziston Respublikasining tegishli infratuzilmaga ega bo‘lgan chegara posti tashkil etilgan.

Ushbu joylashuv delimitatsiya, demarkatsiya va uni qonuniy ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni tugaguniga qadar ikki qo‘shni davlat chegarasini himoya qilishda asosiy vazifani ta’minlaydi”.

Qayd etilishicha, Tojikiston tomoni delimitatsiya va demarkatsiya jarayonini tez kunlarda yakunlash uchun ikki tomonning topografik ishchi guruhlariga ushbu qismda davlat chegarasining o‘tish chizig‘ini tavsiflash ishlarini davom ettirish bo‘yicha ko‘rsatma berish borasida taklif bergan.

Boshqa yangiliklar