AQShning Kaliforniya shtatidagi Santa-Monika shahrida joylashgan britaniyalik musiqachi Kit Emersonning uidan uning jonsiz tanasi topilgan. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Ma`lumotlarga ko`ra, musiqachi o`z joniga qasd qilgan. Hozircha buning sabablari noma`lum.
Lake & Palmer guruhining yana bir a`zosi Karl Palmer do`stining o`limiga quyidagicha munosabat bildirgan:
“Mening yaqin do`stim va musiqadagi hamrohim Kit Emersonning vafot etganini anglash o`ta ayanchli. U o`ta nozik qalb sohibi edi”.
Emerson, Lake & Palmer kabi guruhlardan avval u 1967 yilda tashkil etilgan The Nice guruhi a`zosi sifatida tanilgan edi.





