Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Ezgu film” studiyasi tomonidan suratga olingan rejissyor Jahongir Ahmedovning “Ilhaq” badiiy filmi tojik tiliga tarjima qilindi. Bu haqda Kinematografiya agentligi Axborot xizmati ma`lum qildi.
Mazkur film Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g`alabaning 75 yilligiga bag`ishlanib, unda 5 farzandini frontga jo`natgan ayol Zulfiya aya taqdiri va kechinmalari aks ettirilgan.
Kinokartina avval rus tiliga tarjima qilingan hamda 19-22 may kunlari Tojikiston Respublikasida bo`lib o`tgan “O`zbek kinosi kunlari” doirasida ilk bor rus tilida premerasi o`tkazilgan.
Hozirgi paytda filmning ingliz tilidagi subtitr, rus va tojik tillaridagi tarjima variantlari tayyor.
Kelgusida “Ilhaq” badiiy filmini qozoq, qirg`iz va turkman tillariga tarjima qilish rejalashtirilgan.