AsosiySiyosat

Ertaga Qatar Tashqi ishlar vaziri O`zbekistonga kelishi kutilmoqda

'Ertaga Qatar Tashqi ishlar vaziri O`zbekistonga kelishi kutilmoqda'ning rasmi

Ertaga, 9 iyun kuni mamlakatimizga Qatar Davlati Bosh vaziri o`rinbosari, Tashqi ishlar vaziri shayx Muhammad bin Abdulrahmon Ol Soniy boshchiligidagi delegasiya tashrif buyuradi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi xabar berdi. 

Shuni alohida ta`kidlash kerakki, bu – Qatar Davlati tashqi siyosat idorasi rahbarining O`zbekistonga amalga oshirayotgan ilk tashrifidir.

Tashqi ishlar vazirligida bo`lib o`tadigan uchrashuvda O`zbekiston va Qatar o`rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investisiyaviy, madaniy-gumanitar, transport-kommunikasiya, xususan, davlatlararo havo qatnovlarini yo`lga qo`yish masalasi alohida muhokama qilinishi rejalashtirilgan.

Boshqa yangiliklar