Angliya Kubogi chorak finalida “Everton” jamoasi o`z maydonida “Chelsi”ga qarshi bahs olib borib, 2:0 hisobida g`alaba qozondi.
Uchrashuvning 85 daqiqasida qiziq bir holat yuz berdi. “Everton” yarim himoyachisi Garet Barri “Chelsi” hujumchisi Diego Kostaga nisbatan qo`pol o`ynadi. Mag`lubiyatga uchrayotgani uchun asablarini jilovlay olmagan Kosta Barrini oldiga borib, uni tishlab oldi.
Ushbu holatda bosh hakam har ikki futbolchini jazoladi. Diego Kosta uchun bu ikkinchi sariq kartochka bo`lgani uchun u maydondan chetlatildi.





