9-10 iyun kunlari O`zbekistonga Qatar Davlati Bosh vaziri o`rinbosari, Tashqi ishlar vaziri shayx Muhammad bin Abdurahmon bin Josim Ol Soniy boshchiligidagi delegasiya tashrif buyuradi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligining Matbuot xizmati ma`lum qildi.
Bo`lajak uchrashuvlar va muzokaralar chog`ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investisiyaviy, transport-logistika va boshqa sohalardagi O`zbekiston-Qatar munosabatlarining hozirgi holati hamda rivojlanish istiqbollarini muhokama qilish hamda mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashish rejalashtirilgan.






