AsosiyMadaniyat

Aleksandr Bekjonov "Muqimiy" teatri direktori etib tayinlandi

'Aleksandr Bekjonov "Muqimiy" teatri direktori etib tayinlandi'ning rasmi

Muqimiy nomidagi O`zbekiston davlat musiqali teatrida O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi vakillari va teatr jamoasi ishtirokida yig`ilish bo`lib o`tdi, deya xabar berdi Madaniyat vazirligi Axborot xizmati. 

Madaniyat vazirining birinchi o`rinbosari Bahodir Ahmedov teatr san`ati oldidagi muhim vazifalar, dolzarb masalalar va ularning echimlari, kelgusida bajarilishi lozim bo`lgan vazifalar haqida gapirdi.

Muqimiy nomidagi O`zbekiston davlat musiqali teatriga direktor etib O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Aleksandr Bekjonov tayinlanganligi rasman e`lon qilindi.

Yig`ilish so`nggida kuni kecha tavallud kunini nishonlagan ustoz san`atkorlarimiz O`zbekiston xalq artisti Naima Po`latova hamda O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Turg`un Beknazarovlar O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan tashakkurnomalar va esdalik sovg`alari bilan taqdirlandi.

Eslatib o`tamiz, Muqimiy nomidagi O`zbekiston davlat musiqali teatrining avvalgi direktori, O`zbekiston xalq artisti Azizov Mirza Mamadjonovich 2021 yil 16 aprel kuni 58 yoshida koronavirusdan vafot etgan edi.

    Boshqa yangiliklar