AsosiyShou-biznes

Xonanda Shahnozabonu vafot etdi

Bugun, 14 mart kuni erta tongda taniqli xonanda Shahnozabonu hayotdan ko`z yumdi. 

San`atkorning hamkasblari bergan ma`lumotlarga ko`ra, 42 yoshli xonanda yaqinda umurtqa bo`yin sohasida og`ir jarrohlik amaliyotini boshdan kechirgan.

Shahnozabonuning raqamiga qo`ng`iroq qilganimizda uning qizi Umida go`shakni ko`tardi hamda ushbu mash`um xabarni tasdiqladi.

Shahnozabonu bugun Asrda so`nggi manzilga kuzatiladi.

Bizda mavjud ma`lumotlarga ko`ra, xonanda yaqinda yana Qozog`istonda modda almashinuvi bilan bog`liq yana bir operasiyani boshdan kechirib, yana san`atga qaytishni rejalashtirgan.

Fursatdan foydalanib, “Darakchi” tahririyati marhumaning oila a`zolariga chuqur ta`ziya izhor etadi.

 

    Boshqa yangiliklar