Professional boksning yarim o`rta (-66,67 kg) vazn toifasida faoliyat olib borayotgan Qudratillo Abduqahhorov (18-0, 10KO) o`zining navbatdagi jangini 19 iyun kuni argentinalik Sezas Migel Barrionuevoga (35-4-2, 25KO) qarshi o`tkazishi lozim edi. Ma`lum bo`lishicha ushbu jang bekor qilingan. Bu haqda Go Sport! xabar berdi.
Qudratillo Abduqahhorovning AQShga chiqishga ruxsat beruvchi vizasi tayyor bo`lmagani bunga sabab sifatida ko`rsatilmoqda.






