1

O`zbek filmlarining tojik telekanallaridagi namoyishi boshlandi

Madaniyat 10.06.2021, 16:55
Teglar: O`zbek filmlar
O`zbek filmlarining tojik telekanallaridagi namoyishi boshlandi

  Kuni kecha Tojikistonning "Sinamo" telekanalida Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan suratga olingan "Ilhaq" filmining tojik tilidagi namoyishi bo`lib o`tdi. Bu haqda Kinematografiya agentligi Axborot xizmati xabar berdi.

Shuningdek, qardosh xalq televidenie va kinoteatrlarida Jahongir Ahmedovning "Ilhaq" filmidan tashqari Shoxruh Rasulovning "Xalq yuragi”, Javohir Qosimovning “Abdurahmon Jomiy”, Jasur Ishoqovning “Yagona osmon ostida” filmlarining ham namoyishi  boshlangan.

Mazkur namoyishlar O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Tojikistonga tashrifi doirasida amalga oshirilmoqda. Qo`shni davlatda o`zbek filmlariga bo`lgan talabning yuqoriligi sabab ham ushbu filmlar Kinematografiya agentligi tashabbusi bilan tarjima qilinib, tojikistonliklarga taqdim etildi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1