16-17 iyun kunlari Tatariston Respublikasi Prezidenti R.N.Minnixanov boshchiligidagi delegasiya O`zbekistonga kelishi kutilmoqda. Bu haqda Rossiyaning O`zbekistondagi elchixonasi xabar bermoqda.
Tashrif davomida Tatariston va O`zbekiston Respublikalarining prezidentlari uchrashuvi bo`lib o`tadi hamda bu uchrashuv doirasida ikki davlat o`rtasidagi o`zaro hamkorlikning bugungi holati va istiqboldagi masalalar muhokama qilinadi.
Delegasiya tarkibida Tataristonning 25 dan ortiq kompaniyalari vakillari, shu jumladan, “KamAz”, “Tatneft”, “PO EIAZ”, “KMPO”, “Qozon vertolyot zavodi”, “Sollers Ford”, “Ker-holding” va boshqalar bo`ladi.






