Rossiya davlat dumasi deputatlari AQSh prezidentligiga nomzod Xillari Klintonni “Yaroshenko ro`yxati” ga kiritib, sanksiya bilan jazolashni taklif etishdi, deb xabar berdi “Vesti.ru” nashri.
Tashabbus mualliflarining fikricha, “Yaroshenko ro`yxati” da 2010 yildan beri AQSh bosh kotibi lavozimida xizmat qilib kelgan Xillari Klinton etakchilik qilishi lozim. Sanksiya ro`yxatiga Nyu-York shtati Janubiy okrugi federal prokurori Pritu Bxararu, Nyu-York okrug sudi sudyasi Jed Rakoff, AQShning Afrika giyohvandlikka qarshi kurashish bo`limi boshlig`i Sem Gey va Yaroshenkoning da`vo arizasini appelyasion tartibda ko`rib chiqishdan bosh tortgan appelasiya sudlari ham kiritilgan.
Rossiyalik uchuvchi Konstantin Yaroshenkoni Amerika hukumati giyohvandlik kontrabandasida aybdor deb topib, 20 yil qamoq jazosiga hukm qilgan. Tergovning taxminiga ko`ra uchuvchi Janubiy Amerikadan Afrikaga va AQShga giyohvandlik moddasi tashigan. Konstantin Yaroshenko ilk marotaba 3 mart kuni aloqaga chiqib, Amerika giyohvandlikka qarshi kurashish bo`limi sirlari fosh bo`lmasligi uchun uni yo`q qilishmoqchi ekanligini xabar qilgan. Yaroshenko yuragi og`riyotgani, boshi aylanib, ko`ngli ayniyotganidan shikoyat qilgach, yanvar oyida xususiy klinikalardan birida jarrohlik operasiyasiga yotqizishgan. Ammo uni darrov qamoqxonaga qaytarishgan va kerakli dori-darmon bilan ta`minlashmagan. Rossiya hukumati Yaroshenkoning sog`ligidan xavotirlanib, Amerika hukumatiga bir necha marotaba murojaat qilgan.





