1

Kinokarvonning navbatdagi safari Marg`ilondan boshlandi

Madaniyat 11.06.2021, 11:21
Kinokarvonning navbatdagi safari Marg`ilondan boshlandi

Kinematografiya agentligi tashabbusi bilan taniqli kinoijodkorlardan tarkib topgan Kinokarvon guruhi joriy yilning 10-11 iyun kunlari Farg`ona va Namangan viloyatlariga safar uyushtiradi.  Bu haqda Kinematografiya agentligi Axborot xizmati xabar bermoqda.

Eslatib o`tamiz, mazkur Kinokarvon Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Navoiy, Qashqadaryo va Buxoro viloyatlariga o`z safarlarini uyushtirdi. Mazkur safarlarda taniqli kinoijodkorlar ishtirokida qiziqarli davra suhbatlari va ijodiy uchrashuvlar o`tkazildi.  

Shuningdek, agentlik buyurtmasiga binoan suratga olingan “Men terrorchi emasman”, “Ilhaq”, “Tinchlik ortida”, “Muqimiy”, “Matonat”, “Orzular qanotida”, "Hayrat", "Tengiz", "Rangsiz tushlar" filmlarining namoyishlari tashkil etildi.  

Endilikda Farg`ona viloyatining Marg`ilon shahar “Musiqali maqom teatri”da, Farg`ona shahar “Nurxon” kinoteatrida, Farg`ona shahar Islom Karimov nomidagi viloyat teatr va konsert saroyi yozgi amfiteatrida, Quvasoy shahar markaziy Madaniyat uyida, Yozyovon tumani 28-Bolalar musiqa va san`at maktabida, Oltariq tumani Tinchlik MFYda, Toshloq tumani Toshloq kinoteatrida ijodiy uchrashuvlar bo`lib o`tadi.  

Bundan tashqari, Namangan viloyati Pop tumani Madaniyat markazida, “Muqaddas” kinoteatrida, mahalla fuqarolari yig`inlari hududlarida ijodiy uchrashuvlar, davra suhbatlari, fotosessiyalar hamda yangi filmlar namoyishlari o`tkazilishi belgilangan.

Uchrashuvlardan so`ng, Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan suratga olingan “Men terrorchi emasman” va “Meros” kinokartinalari hamda “Zumrasha” bolalar filmlari  namoyish etiladi.  

Hududlar bo`ylab an`anaga ko`ra “Sinemobil” namoyishlarini o`tkazish ham rejalashtirilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1