“NEXIA”ni haydab qochgan mast qo`lga olindi

Jinoyat 15.03.2016, 05:55
“NEXIA”ni haydab qochgan mast qo`lga olindi

Farg`ona viloyatining Toshloq tumani IIBga Yozyovon tumani Tafakkur ko`chasida yashovchi, 1980 yilda tug`ilgan fuqaro ariza bilan murojaat etdi.

Fuqaro uning Alisher Navoiy ko`chasida joylashgan avtomashina ehtiyot qismlari do`koni oldida qarovsiz qoldirilgan “NEXIA” rusumli avtomashinasini noma`lum shaxs haydab olib qochib ketganligini ma`lum qilgan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmati xabar beradi.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida “NEXIA”ni shu tumanning Do`stlik ko`chasida istiqomat qiluvchi 1974 yilda tug`ilgan fuqaro mast holda haydab ketib, yo`lda boshqaruvni eplay olmay “Damas” rusumli avtomashina bilan to`qnashuv sodir etganligi aniqlangan va ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi harakatlari olib borilmoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1