AsosiyDunyo

Tramp o`zining saylovoldi kampaniyasini muhabbat bayrami deb nomladi

AQSh prezidentligiga nomzod respublikachi Donald Tramp o`z mitinglarida zo`ravonlikka yo`l qo`yganlikda ayblanganini rad etdi.

“Lenta.ru” nashrining xabar berishicha, u OAVlarni pashshadan fil yasashlikda aybladi.

“Mitingimda hech kim jabr ko`rgani yo`q. Balki kimdir turtinib ketgandir, ammo biror kishiga nisbatan jabr va zo`ravonlik ko`rgani yo`q ”, - deydi u Shimoliy Karolina shtati Xikori shahrida saylovchilar bilan o`tkazilgan uchrashuvda.

U boshqa mitinglarda ommaviy tartibsizliklar muntazam ravishda ro`y berishini biroq umuman olganda juda ajoyib o`tishini ta`kidlab o`tdi.

Donald Tramp — AQSh prezidentligiga nomzodini surayotgan amerikalik milliarder. Ommaviy chiqishlarida u amaldagi prezident Barak Obamani muntazam ravishda tanqid qilib keladi.

AQSh Prezidenti saylovlari 2016 yilning 8 noyabr kuni bo`lib o`tadi.

    Boshqa yangiliklar