Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon va O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Sug`d viloyatining qadimiy Xo`jand shahriga rasmiy tashrifi doirasida ikki davlat oliy ta`lim muassasalari vazirlari Muhammadyusuf Imomzoda va Abduqodir Toshqulov uchrashdi. Bu haqda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining Matbuot xizmati ma`lum qildi.
Ikki vazir suhbat davomida tomonlar oliy va professional ta`lim sohasidagi hamkorlik hamda ushbu faoliyat yo`nalishini rivojlantirish istiqbollari to`g`risida fikr almashdilar. Xususan, hozirgi kunda Tojikiston va O`zbekiston Respublikalarining ko`plab yoshlari ikki mamlakat oliy o`quv yurtlarida tahsil olishayotgani va bu boradagi hamkorlikni yanada kengaytirish uchun tegishli choralar ko`rilishi ikki soha etakchilari tomonidan ta`kidlandi.
Suhbat so`ngida Muhammadyusuf Imomzoda va Abdukodir Toshqulov bir-birlarini o`z yurtlariga rasmiy tashriflar bilan kelishga taklif qildilar.
Eslatib o`tamiz, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Tojikistonga tashrifi chog`ida Samarqand viloyati Urgut tumanida Tojikiston tomonidan qurilgan o`rta maktab foydalanishga topshirilgan bo`lib, uning ochilish marosimida Ta`lim va fan vaziri Muhammadyusuf Imomzoda ishtirok etdi.