1

"Kosmonavtlar" bekatidagi poezd vagonida shubhali narsa topilganligi haqida xabar berildi

Jamiyat 13.06.2021, 13:10
Teglar: metro
"Kosmonavtlar" bekatidagi poezd vagonida shubhali narsa topilganligi haqida xabar berildi

2021 yil 11 iyun, soat 11:50da 38-yo`nalishda harakatlanayotgan poezdning 3-vagonida shubhali qarovsiz narsa tashlab ketildi va bu haqida poezd mashinistiga xabar berildi. Ichki ishlar vazirligi va “Toshkent metropoliteni” o`rtasida o`zaro kelishilgan holda tasdiqlangan yo`riqnomaga asosan, yo`lovchilar va poezdlar harakati xavfsizligini ta`minlash maqsadida yo`lovchilar “Kosmonavtlar” bekatida poezddan tushirildi. Bu haqda "Toshkent metropoliteni" UK xabar berdi.

Poezddagi shubhali qarovsiz buyumni tekshirish uchun poezd yo`lovchilarsiz elektrodepoda joylashgan maxsus tekshirish punktiga yuborildi.

Hozirgi vaqtda barcha yo`nalishlarda poezdlar jadval asosida harakatlanishda davom etmoqda.

"Yo`lovchilarni tashish bilan bog`liq faoliyat yurituvchi metropoliten korxonasini bila turib ijtimoiy tarmoqlar orqali obro`sizlantirish maqsadida, asoslanmagan yolg`on xabarlar, foto va videolavhalar, uydirmalarni tarqatish, shuningdek nashr qilish yoki boshqa usulda ko`paytirilgan tarzda telekommunikasiya tarmoqlarida yoki Internet tarmog`ida joylashtirish orqali hamda g`arazgo`ylik yoki boshqa past niyatlarda tuhmat qilish bilan bog`liq qonunbuzarlikni qasddan sodir qilgan shaxslar qonunchilikda belgilangan javobgarlikka tortilishini eslatib o`tamiz",– deyiladi korxona xabarida.

Sharhlar

Toshkent er usti metrosida qatnovlarning tonggi boshlanish vaqti o`zgardi

28.12.2022, 11:14

Toshkent metrosining «Er usti halqa yo`li» yo`nalishida poezdlar harakati vaqtincha soat 07:00 dan boshlanadigan bo`ldi.Metropoliten ma`muriyatining ma`lum qilishicha, "Er usti halqa yo`li" yo`nalishida yangi metro...
Metroda voyaga etmagan qizga nojo`ya harakatlar qilgan shaxsga sud hukmi e`lon qilindi

06.12.2021, 22:19

Metroda voyaga etmagan qizga nojo`ya harakatlar qilgan shaxs ishini ko`rib chiqish bo`yicha yopiq sud jarayoni nihoyasiga etdi va sud hukmi e`lon qilindi.Toshkent shahar sudi matbuot...
Toshkentda metro yana to`xtab qoldi (video)

20.09.2021, 11:34

Joriy yilning 20 sentyabr kuni soat 09:10 da G`ofur G`ulom bekatidan Chorsu bekatiga harakatlanishi lozim bo`lgan 41-yo`nalishdagi harakat tarkibida havo taqsimlash tizimida texnik nosozlik yuzaga...
Toshkent metropolitenida yangi metro poezdlari ishga tushirildi

07.09.2021, 06:30

Toshkent metropolitenida o`tgan haftada keltirilgan yangi metro poezdlari poytaxt ahli va mehmonlariga xizmat qilishni boshladi. Bu haqda "O`zbekiston temir yo`llari" AJ axborot xizmati ma`lum qildi.Yangi...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1