“Islom davlati” terrorchilik tashqilotining etakchilaridan biri Abu Umar ash-Shishani halok bo`ldi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda.
Ash-Shishani shuningdek, Tarxan Batirashvili nomi bilan ham mashhur. Uning o`limi haqidagi ma`lumotni AQSh prezidenti Barak Obama ma`muriyatining ikki xizmatchisi ham tasdiqlagan.
Ularning aytishicha, terrorchilar etakchisi o`tgan haftada Amerika aviazarbalaridan jarohatlangan va oqibatda halok bo`lgan. Pentagon vakillari mazkur axborotni qaerdan olganlari haqida gapirmagan.
Dastlab, Amerika bergan aiazarbalar oqibatida ash-Shishanining vafot etgani taxmin qilinayotgan edi. Tekshirular natijasida ushbu ma`lumotga aniqlik kiritildi.
Shuningdek, ash-Shishani bilan birga yana 12 nafar ID jangarisi yo`q qilingan.
Ash-Shishani IDning Suriya hududidagi “poytaxti” Rakka shahridan Al-Shaddadi shahriga jangarilar bilan uchrashish niyatida otlangan paytda yo`q qilingan.





