Samarqand shahar madaniyat bo`limiga san`atshunoslik fanlari nomzodi el suygan qiziqchi, «Handalak» guruhi a`zosi Ortiq Sultonov boshliq vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar bermoqda.
U dastlabki mehnat faoliyatini Samarqand musiqali drama teatri aktyori sifatida boshlagan. Samarqand viloyat teleradiokompaniyasi, O`zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Yoshlar” telekanali, “O`zbekiston” telekanallarida rejissyor bo`lib ishlagan.
Ushbu tayinlovga qadar esa “Kulgi” xususiy teatri badiiy rahbari bo`lgan.