Bu haqda AOKAda o`tkazilgan matbuot anjumanida O`zbekiston kikboksing assosiasiyasi prezidenti Oybek Narmetov ma`lum qildi:
"Kikboksing sport turining tatami, ring, professional, ko`rgazma kabi 7 ta yo`nalishi bor. «Uzbekistan open» xalqaro turniri 5 ta yo`nalish bo`yicha tashkil etilmoqda. O`zbekistondan 10 yoshdan 40 yoshgacha bo`lgan sportchilar qatnashadi.
Kikboksing assosiasiyasi huzurida «Kikboksing Pro» nomli promoushen ochilgan, shu erda O`zbekistonda ilk bor «WAKO Pro» yo`nalishida professional janglar o`tkaziladi. 16 iyun kuni 11 ta jang bo`lib o`tadi, dunyoning 9 ta davlatidan 15 nafar jangchi, jumladan, O`zbekistondan 6 nafar sportchi professional yo`nalishda kurash olib boradi.
Shuningdek, O`zbekistonda birinchi marta professional yo`nalishda qit`alararo kamar uchun jang o`tkaziladi. Bunda ukrainalik va o`zbekistonlik sportchi bellashadi", - degan mas`ul.






