AsosiySport

OChL–2016. “Paxtakor” va “Lokomotiv” Eron klublarini mag`lubiyatga uchratdi

Osiyo chempionlar ligasi 3-tur uchrashuvlariga start berildi. 

“S” guruhidan o`rin olgan “Paxtakor” jamoasi Toshkentda Eronning “Traktorsozi” klubiga qarshi bahs olib bordi. Igor Sergeevning 31 daqiqada kiritgan yagona goli toshkentliklarga g`alaba keltirdi. Mazkur g`alabadan so`ng “Paxtakor” ochkolar sonini 4 taga etkazib oldi. 

OChL – 2016. “S” guruhi, 3-tur

“Paxtakor” (O`zbekiston) – “Traktorsozi” (Eron) — 1:0
Gol: Igor Sergeev, 41

“A” guruhi 3-turida Toshkentning yana bir jamoasi – “Lokomotiv” safarda Eronning “Sepahon” klubi mehmoni bo`ldi. O`yinning 14 daqiqasida Marat Bikmaev, 87 daqiqada Sardor Mirzaevning gollari “temiryo`lchilar” g`alabasini ta`minladi.  Ushbu g`alabadan keyin “Loko”ning ochkolari 5 taga etdi. 

OChL – 2016. “A” guruhi, 3-tur

“Sepahon” – “Lokomotiv” 0:2
Gollar: Marat Bikmaev 14, Sardor Mirzaev 87

    Boshqa yangiliklar