AsosiySiyosat

Tashqi ishlar vaziri o`rinbosari Malayziyaning Elchisi bilan uchrashdi

'Tashqi ishlar vaziri o`rinbosari Malayziyaning Elchisi bilan uchrashdi'ning rasmi

Bugun, 15-iyun kuni O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o`rinbosari Furqat Sidikov Malayziyaning Favqulodda va Muxtor Elchisi Hendi Assan bilan uchrashdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligining Matbuot xizmati ma`lum qildi.

Suhbat chog`ida ko`p qirrali O`zbekiston-Malayziya munosabatlarining dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar turli darajada bo`lib o`tadigan qo`shma tadbirlar jadvali va kun tartibini ko`rib chiqdi. Shu nuqtayi nazardan 2021-yil 15-16-iyul kunlari Toshkent shahrida o`tkaziladigan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog`liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi yuqori darajali xalqaro konferensiyada Malayziya tomonining hamda 15-iyul kuni onlayn rejimda o`tkaziladigan Butunjahon islom iqtisodiy forumida O`zbekiston tomoni ishtirokining tashkiliy jihatlariga muhim e`tibor qaratildi.

    Boshqa yangiliklar