Jahon Chempionati saralash bosqichi 8-turidan o`rin olgan Saudiya Arabistoni – O`zbekiston uchrashuvi o`z yakuniga etdi. Unda vakillarimiz yirik 0:3 hisobida mag`lub bo`ldi.
Bahsning 25-daqiqasida himoyachilarimizning xatosidan keyin Quvvatov qarshisida yolg`iz qolgan Al-Faraj hisobni ochdi. Oradan 8 daqiqa o`tgach Salmon dublni rasmiylashtirdi. Birinchi bo`lim 2:0 hisobida yakulandi.
Ikkinchi bo`limni termamiz biroz faolroq boshladi, biroq 51-daqiqada hisob yanada yiriklashdi. Bu safar ham himoyachilarimizning ishonchsiz o`yinidan so`ng Al Hassan gol urishga erishdi.
Shu tariqa, Abramov boshchiligidagi "oq bo`rilar" 15 ochko bilan guruhda ikkinchi bo`ldi. Ikkinchi o`rinni olgan eng yaxshi jamoalar orasida O`zbekiston kuchli beshlikka kira olmadi va 3-bosqich yo`llanmasidan quruq qoldi. Ma`lumot uchun, O`zbekiston o`z tarixida ilk bor Jahon chempionati 2-saralash bosqichidan o`ta olmadi.






