AsosiyDunyo

Argentinada noqonuniy baliq ovi bilan shug`ullangan Xitoy kemasi cho`ktirib yuborildi

Xitoy baliq ovlovchi kemasi Argentina sohil qo`riqlash xizmati tomonidan  cho`ktirib yuborildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda

Qo`riqlash xizmati boshlig`i Migel Anxel Reyesning aytishicha, kema mamlakatning 200 mil hajmdagi iqtisodiyot zonasi ichida noqonuniy baliq ovi bilan shug`ullangani uchun cho`ktirilgan.

“Kema cho`kishi oqibatida halok bo`lganlar yo`q. Kema ekipaji qutqarib qolingan. Ular hozirda Madrin portiga olib ketilmoqda”,—deyiladi xabarda.

Sohil qo`riqlash xizmati vakillarining so`zlariga ko`ra, kema yakshanba kuni tunda mamlakatning baliq ovlash taqiqlangan iqtisodiy zonasiga kirib kelgan. U taqiqlangan hududga besh kilometr masofaga kirgan.

Xitoy kemasi yashirinishga uringan, u bilan birga yana ikki kema ham bo`lgan, biroq ular taqibdan qochishga muvaffaq bo`lgan.

Hozirda kema kapitani hibsga olingan. U baliq tutish bo`yicha Argentina qonunlarini buzganligi uchun sud oldida javob beradi.

    Boshqa yangiliklar