Oliygohlarga akademik va tashkiliy-boshqaruv bo`yicha mustaqil qaror qabul qilish vakolati beriladi. Bu haqda ayni damda Prezident raisligida bo`lib o`tayotgan yig`ilishda ma`lum qilindi.
Endi har bir kafedraning faoliyati ilmiy salohiyat darajasi va yoshlarni seleksiya asosida ilmiy faoliyatga jalb etish ko`rsatkichlariga qarab baholanadi.
Har yili 1,5 mingta mutaxassislik kafedralarining bir nafardan yosh olimlarini nufuzli xorijiy oliygohlarga stajirovkaga yuborish amaliyoti yo`lga qo`yiladi.
Rektorlar tomonidan kafedralar huzurida ilmiy-tadqiqot markazlari tashkil etilib, ularning o`ziga daromad topishi uchun barcha sharoitlar yaratib beriladi.






