Andijon viloyati hokimligida Prezident Shavkat Mirziyoev ishtirokida viloyat faollari yig`ilishi boshlandi. Bu haqda Darakchi muhbiri Sardorbek RAHMONQULOV xabar bermoqda.
Yig`ilish avvalida davlat rahbari Andijon ahlining keng ko`lamli islohotlarda faol ishtirok etayotgani va qator sohalarda boshqalarga o`rnak bo`layotganidan ilhomlanib, Abdulla Oripovning quyidagi satrlarini esga oldi:
“O`zbekni bilay desang,
Andijonga avval boq,
Nomard bilan gaplashmas,
U mard bilan chin o`rtoq.
Mehnat-u ma`rifat ham
Andijonga yarashgay,
Sir emas, ko`plar unga
havas bilan qarashgay”.
Yig`ilish davom etmoqda.






