AsosiySiyosat

Andijonda elektromobil va metallurgiya zavodlari quriladi. “O`zavtosanoat”ga ham topshiriq bor

'Andijonda elektromobil va metallurgiya zavodlari quriladi. “O`zavtosanoat”ga ham topshiriq bor'ning rasmi

Andijon faollari yig`ilishida Prezident Shavkat Mirziyoev mashinasozlik va elektrotexnika sohasidagi muhim masalalarga ham to`xtalib o`tdi. 

“Darakchi” muxbiri Sardorbek Rahmonqulovning ma`lum qilishicha, prezident viloyatda 105 gektar erda “Mashinasozlik va elektrotexnika sanoat xabi” maxsus zonasini tashkil etish to`g`risidagi qarorni imzolagan.

“O`zavtosanoat”ga ham topshiriq bor!

Ya`ni, “Mashinasozlik va elektrotexnika sanoat xabi” sanoat xabida 2021-2023 yillarda 80 million dollar investisiya evaziga, 8 ta loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan. Jumladan:

  • cho`yan detallarni quyish;
  • ularga mexanik ishlov berish;
  • rezina jipslovchi detallar;
  • avtomobil oyna tozalagichlari;
  • shassi uchun prujinalar ishlab chiqarish o`zlashtiriladi. 

Elektromobil ishlab chiqarish

Davlat rahbari elektromobillar ishlab chiqarish bo`yicha ham mas`ullarga topshiriq berdi.

Andijonda metallurgiya zavodi

Shuningdek, davlat rahbari viloyatda metallurgiya zavodi qurilishi loyihasini ham tayyorlash lozimligini ta`kidlab: “Nima uchun faqat Toshkentda qurishimiz kerak? Andijonda ham imkoniyat bor-ku!” – dedi.

Yig`ilish davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar