«Milan» hujumchisi Zlatan Ibrahimovich chap tizzasidan artroskopik operasiya qilindi.
Klub futbolchining qachon qaytishi haqida ma`lumot bermadi. Sky Sport Italia'ning xabariga ko`ra, 39 yoshli futbolchi maydonga avgust o`rtalarida qaytishi mumkin.
Eslatib o`tamiz, Zlatan jarohati tufayli Evro-2020ni ham o`tkazib yubordi.






