AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoev Ibrohim Raisiyni Eron prezidenti etib saylangani bilan tabrikladi

'Shavkat Mirziyoev Ibrohim Raisiyni Eron prezidenti etib saylangani bilan tabrikladi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Ibrohim Raisiyni Eron Islom Respublikasi Prezidenti etib saylangani bilan tabrikladi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar qilmoqda. 

Davlatimiz rahbari mamlakatlarimiz o`rtasidagi ko`p qirrali hamkorlik do`st O`zbekiston va Eron xalqlarining manfaatlari yo`lida yanada rivojlanishiga ishonch bildirdi.
 

Eslatib o`tamiz, kecha, 18 iyun kuni Eronda navbatdagi prezidentlik saylovi bo`lib o`tdi va unda 60 yoshli siyosatchi Ibrohim Raisiy nomzodi g`alaba qozondi. 

    Boshqa yangiliklar