O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Turkiya Respublikasi Hukumati taklifiga binoan joriy yilning 18-19 iyun kunlari Antaliya diplomatik forumi ishida qatnashdi.
Vazir Forumning “Osiyoda mintaqaviy hamkorlik” mavzusida bo`lib o`tgan sho``ba-sessiyasida ishtirok etdi. U o`z nutqida zamonaviy sharoitda diplomatiya sohasida yuz bergan o`zgarishlar, innovasion yondashuvlarning o`ziga xos xususiyatlariga to`xtaldi. Osiyodagi hamkorlik, xususan, O`zbekiston yuritayotgan mintaqaviy siyosatning ustuvor yo`nalishlari va erishilgan natijalar to`g`risida ma`lumot berdi.
Anjuman doirasida Qirg`iziston, Qozog`iston, Pokiston, Turkiya TIV rahbarlari bilan uchrashuv va muloqotlar o`tkazildi.
Forumda ishtiroki yuzasidan Abdulaziz Kamilov Turkiyaning “TRT” telekanaliga intervyu berdi. Vazir o`z intervyusida O`zbekiston va Turkiya munosabatlari bugun jadal sur`atda rivojlanayotgani, ikki mamlakat kun tartibida turgan ustuvor yo`nalishlarning amalga oshirilayotgani, rejalashtirilayotgan yuqori darajadagi muloqotlar haqida alohida to`xtaldi.
Shuningdek, Vazir O`zbekistonning 24 may kuni Antaliya shahrida ochilgan faxriy konsulxonasiga tashrif buyurdi. Faxriy konsul Barish Gyokche O`zbekiston TIV rahbarini muassasa faoliyati bilan yaqindan tanishtirdi.