1

“Aqlvoy” telekanalida behayo kadrlar efirga uzatilgani sabab butun telekanal ijodkorlari tanbeh oldi

Madaniyat 21.06.2021, 08:01
“Aqlvoy” telekanalida behayo kadrlar efirga uzatilgani sabab butun telekanal ijodkorlari tanbeh oldi

So`nggi kunlarda “Aqlvoy” telekanali orqali namoyish etilgan “Shaxrizoda. Aytilmagan hikoyalar” va “Art-Odissey” multseriallaridagi 2 ta lavha keng jamoatchilik orasida katta muhokamaga sabab bo`ldi. Ayni paytda telekanal rasmiy kanalida mazkur holat yuzasidan munosabat e`lon qilindi. 

"Afsus bilan shuni tan olamizki, bolalarda yangilikka intilish, ularni jahon madaniy merosi bilan tanishtirish, atrof-muhitni o`rganishga qiziqish uyg`otishga qaratilgan kontent tanlanganiga qaramay, uning ichida kichik yoshdagi bolalar uchun noma`qul bo`lgan sahnalar inson omili sabab efirga uzatilgan.

Shuni ma`lum qilamizki, “Aqlvoy” telekanali har jihatdan hali juda yosh  va joriy yilning 22 martidan boshlab test rejimida efirga uzatib borilmoqda. Tom ma`noda kanalimiz endi oyoqqa turmoqda. Yo`l qo`yilgan xatolar, albatta, kanalimizning kelgusida ehtiyotkorlikka amal qilishiga, uning yanada yaxshilanishi, qiziqarli va foydali bo`lishiga turtki bo`ladi.

Ushbu yo`l qo`yilgan xato bo`yicha butun kanal ijdodkorlari kerakli tanbehni oldi. Ular yana bir bor O`zbekiston Respublikasining  “Bolalarni ularning sog`ligiga ziyon etkazuvchi axborotlardan himoya qilish” to`g`risidagi qonun talablari  bilan tanishtirib chiqildi va ushbu qonun buzilish holatlarida intizomiy jazo qo`llanilishi haqida ogohlantirildi. Shuningdek, kontent nazorati kuchaytirilishi uchun qo`shimcha xodim ishga olinadi.

Kelajakda yuqoridagi kabi xatolarga yo`l qo`yilmaslik uchun dublyaj bilan shug`ullanayotgan kompaniyalar bilan qo`shimcha kelishuvlar amalga oshirildi. Endi ularga  ma`naviyatimizga zid bo`lgan lavhalar haqida ma`lumot berib turish majburiyati topshiriladi.

Yana bir bor barcha teletomoshabinlarga yo`l qo`yilgan xatoga befarq bo`lmaganliklari uchun minnatdorchilik bildiramiz. Aynan siz tufayli kanalimiz o`sib, rivojlanib, yaxshilanib boradi. “Aqlvoy” telekanali yangi ilmiy-ommabop dasturlar va rang-barang kinomahsulotlar bilan bolalarni quvontirishda davom etadi", - deyilgan rasmiy munosabatda. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1