Bu haftada ham qator tadbirlar rejalashtirilgan, deya ma`lum qilmoqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov.
Bugun, 15-16 iyul kunlari Toshkentda o`tishi rejalashtirilgan "Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o`zaro bog`liqlik. Tahdid va imkoniyatlar" mavzusidagi xalqaro konferensiyaga tayyorgarlik bo`yicha yig`ilish, Toshkent shahrini obodonlashtirish va ko`kalamzorlashtirish bo`yicha taqdimot bo`lishi kutilmoqda. Ertaga mis ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish hamda sanoat klasterini tashkil etish yuzasidan yig`ilish, 23 iyun kuni Yangi O`zbekiston universitetini tashkil etish chora-tadbirlari yuzasidan taqdimot o`tkazilishi mo`ljallangan.
Tarmoq va hududlarda investisiya loyihalari ijrosi hamda mahalliy sanoat loyihalarini jadallashtirish masalalari yuzasidan videoselektor ham rejaga kiritilgan.
Shuningdek, joriy haftada Prezidentimiz Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishadilar.
Bular haqda hafta davomida yana xabar berib boramiz. Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring.






