AsosiyShou-biznes

Bahrom Nazarovning gastrol konsertlari start olmoqda

“Mo``jiza Media” kompaniyasi rahbari Davron Soipov aprel oyidan xonanda Bahrom Nazarovning gastrol konsertlari start olishini ma`lum qildi.

Konsertlar yurtimizning barcha shahar va tumanlarida o`tkazilishi rejalashtirilgan.

Xonandanig “Shukrona” deb nomlangan ilk gastrol konsert dasturi 7 aprel kuni Toshkent viloyati Olmaliq markaziy o`yingohida, 9 aprel kuni esa dastur Parkent tumani Kurash arenasida bo`lib o`tadi.

Bundan tashqari Bahrom Nazarov tez kunlarda “Ostona xatlab” taronasiga suratga olingan klipini muxlislari hukmiga havola etishga tayyorgarlik ko`rmoqda.

 

 

    Boshqa yangiliklar