1

“Ipak yo`li durdonasi” xalqaro kinofestivali "hayotga qaytdi"

Madaniyat 21.06.2021, 19:06
“Ipak yo`li durdonasi” xalqaro kinofestivali "hayotga qaytdi"

“Toshkent xalqaro kinofestivalini qayta tiklash va o`tkazish to`g`risida”gi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda "Huquqiy axborot" ma`lum qildi.

 Qarorga ko`ra, 1968–1997 yillarda O`zbekistonda o`tkazib kelingan “Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarining Toshkent xalqaro kinofestivali” “Ipak yo`li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivali nomi bilan qayta tiklanib, 2021 yildan har yili sentyabr–oktyabr oylarida Toshkent shahrida o`tkaziladi.

 Shunga ko`ra, “Ipak yo`li durdonasi” XIII Toshkent xalqaro kinofestivali joriy yilda 28 sentyabr – 3 oktyabr kunlari “Tinchlik, taraqqiyot va ma`rifat” shiori ostida o`tkaziladi.

 G`oyasi va mazmuni Kinofestival shioriga mos, jahon kinematografiyasi rivojida salmoqli o`ringa ega filmlarning ijodkorlari diplom, ramziy haykalcha va har biri 20 ming AQSh dollaridan iborat beshta pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

 Shuningdek, Osiyo qit`asi va qadimiy Ipak yo`li bo`ylab joylashgan mamlakatlar yosh kinoijodkorlarining qisqa metrajli filmlari festivali g`oliblari diplom va quyidagi miqdordagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

1-o`rin uchun – 15 ming AQSh dollari;

2-o`rin uchun – 10 ming AQSh dollari;

 3-o`rin uchun – 7 ming AQSh dollari.

Qaror bilan Alisher Navoiy nomidagi kino saroyi Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi boshqaruviga berilib, uning negizida “Kinochilar uyi” tashkil qilinadi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1