AsosiyJamiyat

Soliqchilar dam olish kunisiz ishlashadi

Toshkent shahar soliq inspeksiyasi 1 aprel kuniga qadar dam olish kunisiz ishlashni yo`lga qo`ydi, deb xabar berdi "Norma" nashri. 

O`zbekiston Davlat soliq qo`mitasi 1 aprelga qadar Toshkent shahrining barcha tumanlaridagi soliq qo`mitalari dam olish kunisiz xizmat olib borishini e`lon qildi. Bu ish soliq idoralariga daromadlari to`g`risida deklarasiyani topshirishi lozim bo`lgan fuqarolarga qulaylik tug`dirish maqsadida yo`lga qo`yildi. 

Hududiy soliq inspeksiyalari har kungidan 2 soat ko`proq faoliyat olib borishadi. 

Eslatib o`tamiz, fuqarolarning o`tgan yilgi daromadi to`g`risidagi deklarasiyani topshirish muddati 2016 yil 1 aprelga qadar belgilangan. Daromadlari to`g`risida deklarasiyani topshirmagan yoki kechiktirgan fuqarolar Ma`muriy javobgarlikka tortilib, jarima undiriladi.

    Boshqa yangiliklar