AsosiyShou-biznes

Qo`qondagi konsert Ozodbek Nazarbekovga qanday qiyinchilik tug`dirdi?

O`zbekiston va Qoraqalpog`iston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov joriy yilning 8 mart kuni “Qo`qon savdo markazi”da ikki seansda to`liq jonli ijrodagi konsert dasturini  muxlislarga havola etdi. 

Jonli ijroda so`ralgan qo`shiqlarni ketma-ket ijro qilish oson emas, albatta. San`atkorning peshona teridan ketma-ket dastro`mollar xo`l bo`lib ketdi, deb yozadi “Bekajon” gazetasi. 

San`atkor bilan qo`l berib ko`rishish va ayniqsa, birga suratga tushish istagida bo`lgan muxlislarning sanog`i yo`q edi. San`atkorni muxlislardan ajratib olish oson bo`lmadi.

Konsertdan qanchalik ko`ngli to`lgani haqidagi savolga san`atkor shunday javob berdi:

“Menga qolsa muxlislarning yoniga borib kuylagim keladi. Ammo, bu muammo! Buni o`zingiz ham ko`rdingiz. Konsert savdo markazining ichida bo`lganligining o`zi g`ayrioddiy edi! Birinchi marta bunday bo`lishi. 

Konsertning ikki seansda jonli ijroda o`tkazilganidan, buning ustiga shamollaganidan san`atkor boshida biroz qiynalganini ham aytib o`tdi.

“To`g`risi, boshida birinchi seansda sal qiynaldim. Keyin muxlislar, onaxonlar ko`zlaridagi quvonchni ko`rib, kirishib ketdim. Bilasizmi, o`zi bunday katta dastur bilan jonli ijroda uzoq vaqt davomida kuylash, yaqin bir-ikki oyda bo`lmagan edi. Sportchi mashq qilmay turib, birdan ringga chiqsa qanday bo`ladi? Men uchun bugungi konsert shunday bo`ldi. Lekin jonli ijro uchun sharoit o`ylaganimdan ham a`lo chiqdi.”

    Boshqa yangiliklar