AsosiySiyosat

Investisiyalar bo`yicha hokim o`rinbosarlariga har bir ishlamayotgan ob`ektlar nomma-nom biriktiriladi

'Investisiyalar bo`yicha hokim o`rinbosarlariga har bir ishlamayotgan ob`ektlar nomma-nom biriktiriladi'ning rasmi

Avval xabar berganimizdek, Prezident raisligida investisiya va eksport sohalarida olib borilayotgan ishlar va yil yakuniga qadar amalga oshirilishi lozim bo`lgan ustuvor vazifalarga bag`ishlangan videoselektor yig`ilishi  bo`lib o`tmdi.

Yig`ilishda Davlat rahbari investisiyalar bo`yicha qator topshiriq va vazifalarni belgilab berdi.

"Har bir dollar  davlatimizga foyda keltirishi kerak. Investisiya investisiya uchun emas, ish o`rni yaratilishi, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish uchun o`zlashtirilishi kerak. Loyihalarning samarali ishlashi uchun esa korxonaning aylanma mablag`i, gazi, elektr energiyasi, eksporti nima bo`lyapti- bular bilan doim shug`ullanish lozim", - dedi Prezident.

Ayni paytda respublika bo`yicha 19 mingta bo`sh turgan va past quvvatlarda ishlayotgan ob`ekt mavjud.  

Shavkat Mirziyoev bir oy muddatda bo`sh turgan va past samarali ob`ektlarni to`liq xatlovdan o`tkazib, elektron platformasini yaratish bo`yicha rahbarlar va hokimlarga topshiriq berdi.  

Davlat rahbarining ko`rsatmasiga ko`ra, viloyat, tuman va shahar hokimlarining investisiyalar bo`yicha o`rinbosarlariga har bir ishlamayotgan bunday ob`ektlar nomma-nom biriktiriladi va yil yakuniga qadar kamida 150 ming yangi ish o`rni yaratishga mas`ul va javobgar bo`ladilar. 

    Boshqa yangiliklar