AsosiyDunyo

Germaniyaning Turkiyadagi elchixonasi o`z faoliyatini to`xtatdi

Germaniya hukumati o`zining Turkiya poytaxti Anqara shahrida joylashgan elchixonasini yopishga qaror qildi. Bu haqda “Komsomolskaya pravda” nashri xabar bermoqda

Elchixona yopilishining aniq sababi ma`lum qilinmagan. Biroq so`nggi paytda Anqara shahrida terrorchilik hujumlari avj olgani mazkur qarorga sabab bo`lgan bo`lishi mumkin.

Oxirgi marta Anqara shahrida 13 mart kuni qonli teraktlar yuz berdi. Shaharning markaziy ko`chalaridan birida joylashgan avtobus bekati yaqinida minalangan avtomobilning portlab ketishi oqibatida 37 kishi halok bo`ldi.

    Boshqa yangiliklar