O`zbekiston Davlat Yoshlar teatri oliy toifali aktyori Yuldashev Bobur Bahodirovich "Diydor" yoshlar teatriga rahbar etib tayinlandi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar bermoqda.
Bobur Yuldashev 1979 yilda Toshkent shahrida tug`ilgan, ma`lumoti oliy. O`zbekiston Yoshlar teatri qoshidagi dramatik san`at maktab-studiyasini tugatgan. 2003 yilda Toshkent Davlat san`at institutining «Drama teatri va kino aktyorligi» fakultetini tamomlagan va shu teatrda 26 yildan buyon faoliyat olib boradi.
Mehnat faoliyatini 1995 yilda Yoshlar teatrining yordamchisi vazifasidan boshlagan. Teatrdagi faoliyati davomida aktyor 40 ga yaqin esda qolarli rollarni ijro etgan.
1998 yildan buyon teatr bilan birga kino va televidenie yo`nalishida ham ijodiy faoliyatini olib boradi.
Ma`lumot o`rnida, bundan oldin "Diydor" yoshlar teatriga rahbarligida Bobur Yuldashev otasi Bahodir Yuldashev ishlagan. U 2021 yil 16 may kuni 76 yoshida vafot etgan edi.