AsosiySport

Prezident qarori: XXXII yozgi Olimpiya o`yinlari g`oliblari 200 ming AQSh dollarigacha pul mukofoti bilan rag`batlantiriladi

'Prezident qarori: XXXII yozgi Olimpiya o`yinlari g`oliblari 200 ming AQSh dollarigacha pul mukofoti bilan rag`batlantiriladi'ning rasmi

“2021 yilda Tokio shahrida (Yaponiya) bo`lib o`tadigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya o`yinlarida O`zbekiston sport delegasiyasining ishtirokini ta`minlash hamda olimpiya sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qaror bilan 2021 yilda Tokio shahrida (Yaponiya) bo`lib o`tadigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya o`yinlarida ishtirok etadigan O`zbekiston sport delegasiyasi tarkibi tasdiqlandi.

 Qarorga ko`ra, o`yinlarda g`olib va sovrindor bo`lgan O`zbekiston sportchilari quyidagi miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan rag`batlantiriladi:

  • oltin medal uchun – 200 000 AQSh dollari;
  • kumush medal uchun – 100 000 AQSh dollari;
  • bronza medal uchun – 50 000 AQSh dollari.

Mazkur xarajatlar Davlat byudjeti mablag`lari hisobidan qoplanadi.

Boshqa yangiliklar